Saudiya Pro ligasi. “An-Nasr” safarda “Al-Qodisiya”ga mag‘lub bo‘lib, 20 o‘yindlik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi
Saudiya Pro ligasining 31-turidan o‘rin olgan bahsda “Al-Qodisiya” o‘z maydonida “An-Nasr”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 24-daqiqada Muhammad Abu Ash-Shamat hisobni ochdi. 39-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi. Keyin esa mezbonlar safida Musab Al-Juvayr va Xulian Kinyones gol urib, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, “Al-Qodisiya”ning ochkolari soni 68 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jorje Jezush shogirdlari esa 79 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Muntazam mavsum
Al-Qadsiah
- Mohammed Abu Al-Shamat 24'
- Musab Al-Juwayr 55'
- Julián Quiñones 78'
Tugadi
3
:
1
03.05.2026 23:00
An Nasr
- João Félix 39'

Fikrlar