Saudiya Superkubogi. "An-Nasr" bir kishi kam bo‘lib, "Al-Ittihod"ni engdi va finalga yo‘l oldi
Saudiya Superkubogidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Al-Ittihod" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
10 kishi bo‘lib qolgan Jezush boshchiligidagi "An-Nasr" klubi 2:1 hisobida raqibini taslim etdi va finalga yo‘l oldi.
Dastlab uchrashuvning 10-daqiqasida Sadio Mane hisobni ochdi va oradan 15-daqiqa o‘tib, raqib darvozaboniga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Senegallik futbolchi maydonni tark etmasidan avval 16-daqiqada Stiven Bergveyn hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Jamoaga yozgi transferlar oynasida kelib qo‘shilgan Joau Feliks esa 61-daqiqada gol urib, jamoasining finalga yo‘l olishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, final to‘qnashuvi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda "An-Nasr" "Al-Ahli" - "Al-Qodisiya" klublari o‘rtasidagi g‘olib klub bilan to‘qnash keladi.
- Saudiya Arabistoni - Superkubok
- Semifinals
An Nasr
- Sadio Mané 10'
- João Félix 61'
19.08.2025 17:00
Al Ittihod
- Steven Bergwijn 16'
Fikrlar