Saudiyaning top klubi murabbiy bilan shartnomani bekor qildi

  • 28 sentabr, 12:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bosh murabbiy, frantsiyalik 59 yoshli mutaxassis Loran Blan bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Ushbu qaror Saudiya Arabistoni chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "An-Nasr"ga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng qabul qilindi.

Tecno

"Al-Ittihod" klubi rasmiy ravishda birinchi jamoa bosh murabbiyi janob Loran Blan va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qiladi. Klub direktorlar kengashi o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va kelgusidagi professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Hassan Xalifa tayinlandi. Unga U21 jamoasi bosh murabbiyi janob Ivan Karrasko yordam beradi. Bu qaror klub "Al-Ittihod" ambitsiyalariga mos keladigan, jamoa oldida turgan vazifalarni hal qila oladigan va sodiq muxlislarning umidlarini oqlaydigan yangi texnik shtab bilan shartnoma imzolangunga qadar amal qiladi", - deyiladi klub rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, Loran Blan birinchi mavsumdayoq chempionlik va Qirol kubogini qo‘lga kiritgan edi. Saudiya Arabistonining joriy chempionatini "Al-Ittihod" ketma-ket uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!