Saul Al’vares va Kristian Mbilli jangi boshqa sanaga qoldirildi
Boks bo‘yicha ikkinchi o‘rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Saul Al’vares (63-3-2, 39 KO) va asli kamerunlik bo‘lgan Kristian Mbilli (29-0-1, 24 KO) o‘rtasidagi jang oktyabr oyi oxiriga ko‘chirildi. Bu haqida "The Ring" jurnali xabar bermoqda.
Dastlab, mazkur bahs 12 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ushbu to‘qnashuvda 76,2 kg vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionlik kamari o‘rtaga tikiladi.
Eslatib o‘tamiz, Al’vares 2025 yilning sentabr oyida amerikalik Terens Kroufordga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy berganidan buyon ringga ko‘tarilmadi va mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng meksikalik tirsagini operatsiya qildirishga qaror qilgan.

Fikrlar