
Saul "Kanelo" Alvares va Terens Krouford jangi oldidan super natija qayd etildi
UFC prezidenti Dana Uaytning ma’lum qilishicha, amerikalik Terens Krouford va meksikalik Saul "Kanelo" Alvares o‘rtasidagi chempionlik jangini tomosha qilish uchun sotilgan biletlar yig‘indisi boks tarixida uchinchi natijani qayd etdi. Ushbu super-jang 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
"Bu jang boks tarixida sotilgan biletlar bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi. Bu hayratlanarli va syurrealistik holat", — dedi Uayt "KSNV News 3 Las Vegas" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz: rekord - Floyd Meyvezer va Menni Pakyao jangiga tegishli bo‘lib, biletlardan tushgan daromad 72,2 million dollarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda esa Floyd Meyvezer va Konor Makgregor to‘qnashuvidir. Ushbu shou 55,4 million dollar daromad keltirgan.
Fikrlar