Sekeyra Superligadagi ilk g‘alabasidan keyin nima dedi?

  • 9 aprel, 2021, 19:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 5-turida “Surxon”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekerey o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Birinchi bo‘limda o‘yin zo‘r bo‘ldi. Bo‘lim davomida futbolchilar o‘z vazifalarini yaxshi bajarishdi. Dastlabki taymda ikki yoki uchta gol urishimiz ham mumkin edi.

Ushbu mavsumda hali g‘alabaga erishmaganimiz uchun futbolchilar ikkinchi bo‘limda biroz asabiylashishni boshladi. O‘z navbatida, “Surxon” jamoasida ham yaxshi vaziyatlar bo‘lganini aytib o‘tish kerak.

Futbolchilarimni tabriklayman. Bugun “Lokomotiv”ga kelganimga uch oy bo‘ldi. Ilk kundanoq, futbolchilar juda qattiq ter to‘kishgandi va ularning mevasi bugun ko‘rina boshladi.

“Surxon” futbolchilari va murabbiylariga ham rahmat aytaman. Raqibda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Bu biz uchun dars bo‘ldi va buni ko‘rib chiqamiz.

Shuningdek, “Surxon” muxlislariga ham rahmat aytaman. Ular haqiqiy futbol muhitini yaratib berishdi. Barchaga omad tilayman. Biz esa navbatdagi muhim o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!