Sensatsiya: Islom Maxachov va Iliya Topuriya jangi Oq Uyda o‘tishi kerak edi, biroq...
UFC ning Oq Uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnirida katta jang bo‘lishi mumkin edi. Biroq so‘nggi daqiqalarda reja o‘zgargani ma’lum bo‘ldi.
MARCA nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bekor bo‘lgan jang aslida Islom Maxachev va Iliya Topuriya o‘rtasida yarim o‘rta vazn chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi kerak edi. Manbaga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv bo‘yicha muzokaralar faqat o‘tgan haftada boshlangan, biroq promoushen juma kuni Maxachev mazkur turnirda ishtirok eta olmasligini bildirib, uning o‘rniga Justin Getji nomzodini ko‘rib chiqishgan.
Bu ma’lumotni Getji ham qisman tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, payshanba kuni unga Oq Uydagi UFC oqshomida ishtirok etmasligi aytilgan, lekin oradan bir kun o‘tib tashkilot vakillari yana qo‘ng‘iroq qilib, u kardga qo‘shilishi ma’lum qilgan.
Ali Abdel-Aziz (Justin va Islomning menejeri) esa ijtimoiy tarmoqlarda vaziyatga ishora qilib: “Uch kecha uxlamadik, endi biroz dam olamiz. Bu haqiqiy "Big Drama Show" bo‘ldi”, — deya yozib qoldirdi.
Fikrlar