Sensatsiya! "Karagyumruk" amaldagi chempionni yirik hisobda taslim etdi, Shukurov 70-daqiqada almashtirildi

  • 29 dekabr, 2022, 06:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Fotih Karagyumruk" - "Trabzonspor" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.

Istanbulliklar tarkibida Magomed Ozdoev, Fabio Borini, Matteo Richchi hamda Jan-Evrar Kuasi tomonidan urilgan gollarga mehmonlar safida Mark Bartra bir marta javob qaytardi. Otabek Shukurov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, "Karagyumruk" ochkolari sonini 16 taga etkazib, 11-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 5-o‘rindagi "Trabzonspor" hisobida 26 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!