
Serena Uilyams Londondagi muxlislarini xursand qildi
Angliyaning London shahrida tennis bo‘yicha o‘tayotgan "Uimbldon" chempionatining birinchi davrasi keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Unda amerikalik Serena Uilyams va italiyalik Juliyu Gatto-Montikone o‘zaro kuch sinashdi. Serena mazkur bahsda raqibini 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi chempionatning ikkinchi davrasiga shu tariqa yo‘l olgan Serena endi sloveniyalik Kayya Yuvanga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar