Serena Uilyams turga qaytishini e'lon qildi, u Quins klubidagi juftlik musobaqasida o'ynaydi
Serena Uilyams kortga qaytishini ma’lum qildi. 44 yoshli amerikalik tennischiga 8–14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Queen’s Clubdagi WTA 500 musobaqasining juftlik bellashuvlari uchun maxsus taklif (wild card) berildi.
«Katta shlem» turnirlarining 23 karra g‘olibi 2022 yildan beri rasmiy musobaqalarda ishtirok etmagan edi.
Uilyams ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videosiga «Yaxshi xabar tez tarqaladi», deb izoh qoldirdi.
Shu tariqa Serena Uilyams 44 yoshida yana tennisga qaytayotgani rasm an tasdiqlandi.

Fikrlar