Sergey Fomin musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Fyuchers" musobaqasining birinchi davrasida Sergey Fomin kortga chiqdi.
 
Ushbu bosqichda Sergey kanadalik Kelsi Stivensonga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 7:6, 6:3 hisobida zafar quchdi va chorak final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik Ryota Tanumaga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.
 
Ayni damda, iste’dodli tennischimiz Sanjar Fayziev birinchi davrada italiyalik Emiliano Majiolinini sinovdan o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!