
Sergey Kovalyovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovning (34-4-1,29 KO) navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
U bolgariyalik Tervel Pulevga (16-0,13 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang 14 may kuni Kaliforniyada tashkil etiladi. Jang o‘n raunddan iborat va birinchi og‘ir vazn toifasida o‘tkaziladi.
39 yoshli Tervel Pulev og‘ir vazn toifasida o‘z faoliyatini olib boradigan Kubrat Pulevning (28-2-14 KO) ukasi sanaladi. U London Olimpiadasining bronza medali sovrindoriga aylangan va professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Kovalyov ma’lum bir vaqt o‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida ham mashg‘ulotlar olib borgan.
Fikrlar