Sergey Pavlovich bilan jang Aleks Perreyra uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin!

  • 09.10.2026 12:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Maykl Bisping braziliyalik nokautchi Aleks Perreyraning keyingi qadami haqida fikr bildirdi.

"Poatan"ning og‘ir vaznda qolishga rozi bo‘lib, 12 dekabr kuni "UFC 335" turnirida Sergey Pavlovichga qarshi jangni qabul qilgani britaniyalik mutaxassisni xavotirga solmoqda.

"Aleksni juda hurmat qilaman. Lekin odamlar negadir men uni yoqtirmasligimni ta’kidlashadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Endi Perreyra "UFC 335" turnirida Sergey Pavlovichga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Biroq bu yerda bir savol tug‘iladi: ushbu bahs Pereyraning karerasiga nuqta qo‘yishi mumkinmi? Men albatta shunday bo‘ladi, demoqchi emasman. Hatto u mazkur to‘qnashuvda g‘olib chiqishi ham mumkin. Biroq "Poatan" juda statik jangchi. Ha, uning zarbalari o‘ta xavfli. Lekin Aleks ringda engil va chaqqon harakatlanmaydi. Oddiy qilib aytganda, Perreyra oldinga boradi, ritmni topadi va — "bam"! Bitta zarba bilan raqibni o‘chirib qo‘yadi. Bu o‘rta vaznda, raqiblaringdan balandroq va kattaroq bo‘lganingda juda yaxshi ishlaydi. Ko‘p hollarda yarim og‘ir vaznda ham shu narsa unga yordam berdi. Biroq og‘ir vaznda bu uslub unchalik samara bermasligi mumkin", — deya Bispingning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!