Server Jeparov: Yangi kirib kelayotgan 2017 yilda hammaga sog‘liq va omad tilayman!

  • 31 dekabr, 2016, 19:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qadrli futbol ixlosmandlari, xurmatli “Millionlar o‘yini” ishqibozlari! Mana sekin-asta 2016 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so‘ng yangi – 2017 yil kirib keladi.

Tecno

“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, jamoamizning eng ishongan futbolchilaridan biri – Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov ham quyidagicha bayram tabrigini yo‘lladi.

— Yangi kirib kelayotgan 2017 yilda hammaga sog‘liq va omad tilayman! Yangi yilda yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lsin! Barcha o‘ylagan maqsad va niyatlaringizga erishishingizga tilakdoshman. Yangi yil hammamizga ham faqat quvonchli lahzalar va baxt olib kelsin, — deydi Server Jeparov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!