Serxi Roberto: "Men uchun pul muhim emas"

  • 28 dekabr, 2022, 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto Kataloniya jamoasida o‘ynashni davom ettirmoqchi, deb xabar beradi Esports RAC1. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

"Men shartnomamni yangilamoqchiman. Hozircha rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, biroq Xavi meni jamoada olib qolmoqchi ekanligini allaqachon o‘zimga aytgan. Hozirgi holatim u qadar yaxshi emas, klubning dublidagi o‘yinchilar bilan bir xil maosh olyapman, lekin "Barsa"ning vakili bo‘lganimdan faxrlanaman va bu erda qolishni juda xohlayman. Men uchun pul muhim emas", - dedi Roberto.

Eslatib o‘tamiz, Serxi 2006 yildan beri "Barsa" tizimida o‘ynab keladi. Joriy mavsum yarim himoyachi 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!