Serxio Ramos "Sevilya"ni sotib olish variantini o‘rganmoqda

  • 14.02.2026 22:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, Serxio Ramos o‘zining ona klubi "Sevilya"ni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Mart oyi oxirida u 40 yoshga to‘ladi va buni o‘ziga xos sovg‘a sifatida amalga oshirishni istamoqda.

"Derbyderbyderby.it" ma’lumotiga ko‘ra, hozirda "KPMG" fondi investor sifatida klub holati bo‘yicha dastlabki audit o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, klub texnik defolt e’lon qilishi ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.

Qaror mavsum yakunlanishidan oldin qabul qilinishi kutilmoqda. Tahlilchilar fikricha, bu aprel o‘rtalariga to‘g‘ri kelishi mumkin, ayniqsa Ramos g‘oyadan voz kechishga qaror qilsa.

Hozirda "Sevilya" Ispaniya chempionati jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!