Serxio Ramos sobiq jamoasini sotib oladigan bo‘ldi

  • 02.01.2026 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya futbolidagi eng yorqin oʻyinchilardan Serxio Ramos oʻzini tarbiyalagan “Sevilya” klubini sotib olish va unga egalik qilishni rejalashtiryapti.

Ramos u jamoa tarkibida ikki marta – 2004-2005 hamda 2023-2024 yillgi mavsumlarda toʻp tepgan. Orada u uzoq vaqt “Real”da va ikki mavsum “Pari-Senjerme”da oʻynadi. Yaqinda Meksika chempionatida “Monterrey” safidagi qisqa muddatli faoliyatidan keyin tajribali himoyachi yana Yevropa futbolchiga qaytishga qaror qildi.

Carrusel Deportivo va El Larguero nashrlarining xabar berishicha, 39 yoshli futbolchi “Sevilya”ni sotib olish boʻyicha rasmiy ariza topshirgan. Taʼkidlanishicha, u klubga jiddiy sarmoya kiritishga tayyor boʻlgan investorlar guruhiga boshchilik qilmoqda. Ramos va uning sheriklari tomonidan berilgan loyiha avvalgi barcha takliflardan ham yuqori ekani aytilyapti.

Qayd etilishicha, “Sevilya” bir necha yildan beri moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, shu sababli klubni sotish qarorining qabul qilinishi rahbariyat uchun mantiqiy qadam sifatida koʻrinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!