
Serxio Ramos Tokio-2020 da o‘ynamoqchi
"Real" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiyada o‘yinlarida qatnashmoqchi.
33 yoshli futbolchi o‘zining sovrinlari orasiga olimpiyada yutug‘i etishmayotganini inobatga olib, musobaqada qatnashishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 da futbol 22 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Olimpiya terma jamoasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar va 3 ta yoshi katta futbolchi qatnashishi mumkin.
Fikrlar