Seten: Kimmanki, Messini o‘zgartira olsam!
"Barselona" klubining sobiq bosh murabbiyi Kike Seten jamoa sardori va etakchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"O‘ylaymanki, Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Futbol tarixida juda ko‘plab yuqori darajadagi futbolchilar bor, ammo davomiy tarzda o‘zining kuchli formasini ushlab qola olgani bilan Leo ushbu e’tirofga munosibroq.
Messini boshqarish mushkul. Kimmanki, uni o‘zgartirishga harakat qilsam! Uni boricha qabul qilishingiz talab etiladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar