
"Sevilya" futbolchisi "Ayaks"ga o‘tdi
“Sevilya” yarim himoyachisi Ussama Idrissi faoliyatini Gollandiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Andalusiyaliklar Marokash terma jamoasi a’zosini mavsum oxirigacha “Ayaks”ga ijaraga bergan.
Aytish kerakki, Idrissi uchun Erediviziya begona emas. U “Feyenoord” akademiyasini tamomlagach, 2015-2018 yillarda “Groningen” hamda 2018-2020 yillarda AZ klubida to‘p surgan.
Fikrlar