
"Sevilya" futbolchisida koronavirus aniqlandi
“Sevilya”ning markaziy himoyachisi Jyul Kundeda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Kundening Frantsiya yoshlar terma jamoasidan qaytib kelgandan so‘ng, topshirgan testi musbat natija bergan. Klub bayonotida futbolchida kasallik alomatlarsiz kechayotgani va u o‘z uyida karantinga olingani ma’lum qilindi.
Kunde joriy mavsum “Sevilya” safida La Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar