
"Sevilya" "Krasnodar"ga qarshi o‘yinda ajoyib kambek qildi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turida “Sevilya” o‘z maydonida “Krasnodar”ni qabul qildi.
Ispaniyadagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 3:2 hisobida maydon egalari g‘olib chiqdi. “Sevilya”ning gollarini Ivan Rakitich (42') va Yussef En-Nesiri (69', 72') kiritdi, “Krasnodar” safida Magomed-Shapi Suleymanov (17') va Markus Berg (21') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar