
"Sevilya" kuchli uchlikka qaytish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi (video)
Ispaniya La Ligasining 32-tur uchrashuvlariga ham start berildi. Turni “Sevilya” hamda “Valyadolid” klublari bahsi boshlab berdi.
Andalusiyadagi bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, 25-daqiqada Kiko mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Lukas Okampos (83') maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar