
"Sevilya" "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisini sotib oldi
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yarim himoyachisi Fernando Rejes "Sevilya" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli braziliyalik futbolchi andalusiyaliklar bilan 3 yillik bitimga imzo chekkan. Uning transferi esa La Liga klubiga 4,5 mln evroga tushgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fernando Rejes 2014-2017 yillarda "Manchester Siti"dagi faoliyati bilan tanilgan.
Ma’lumot uchun, Fernando o‘tgan mavsum “Galatasaroy” klubida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 5ta assist yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar