"Sevilya" Rim klubidan tekinga futbolchi olmoqchi

  • 09.02.2022 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" klubi rahbariyati "Latsio"ning braziliyalik himoyachisi Felipe Luisga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb yozmoqda jurnalist Alfredo Pedulla o‘zining tvitter sahifasida.

Manbaning xabariga ko‘ra, andalusiyaliklar 24 yoshli futbolchini yozda, uning rimliklar bilan shartnomasi yakunlanganda sotib olish niyatida. Shu tariqa u yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Aytish kerakki, braziliyalik futbolchiga "Betis" ham qiziqish bildirmoqda.

Felipe joriy mavsum “Latsio” safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!