
"Sevilya" Shomurodovga qiziqayotgan jamoadan futbolchi oldi. Yangi transferlarga yo‘l ochilmoqda
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi himoyachisi Markao faoliyatini La Ligada davom ettiradigan bo‘ldi.
"Sevilya" braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
26 yoshli futbolchi "Sevilya" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq, "Galatasaroy" hamyurtimiz Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirgandi va uning transfer masalasini rimliklar bilan muhokama ham qilgan. Biroq "Roma" vakilimizni qo‘yib yubormasligini aytgan.
Fikrlar