TsSKA sobiq futbolchisi: Fayzullaev yarim himoyachisi sifatida nolga teng, u arzon murabbo
Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullaevning Turkiyada muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmoqda.
Avvalroq, TsSKA yarim himoyachisi 7.5 million evro va bonuslar evaziga Istanbul Bashakshehirga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Mayli, Fayzullaev ketsin. U Turkiya chempionatiga moslashib keta olmaydi. Sababi, Abbosning jussasi juda kichik. Avval u raqib jarima maydonchasida xavfli edi. Dribling evaziga yorib kirib, zarba bera olardi. Hozir esa dam olmoqda.
Fayzullaev hozir chaqqon supurgi, unda biror qiziqarli jihat yo‘q. Yarim himoyachi sifatida u nolga teng. U aql bilan o‘ynamaydi va Evropa klublarida to‘p tepa oladigan darajada emas. Turkiyada esa o‘rtamiyona jamoalarda harakat qilishi mumkin.
Siz uni arzon murabbiyo deyishingiz mumkin, ammo chaqqon supurgi iborasi ko‘proq mos keladi", - dedi TsSKA va SSSR terma jamoasi sobiq futbolchisi.



Fikrlar