Asosiy mazmunga oʻtish

Shabbona Abduvalieva Katta dubulg‘a turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Usi shahrida "Wuxi 2025 World Taekwondo Grand Slam Challenge" musobaqasi o‘tkazildi.

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Wuxi 2025 World Taekwondo Grand Slam Challenge" musobaqasi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Shabbona Abduvalieva (57 kg) ham ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, hamyurtimiz bellashuvlar yakunida kumush medalni qo‘lga kiritib, musobaqa shohsupasidan joy oldi. 

Bu orqali Shabbona 2026 yilda o‘tkaziladigan Katta dubulg‘a turniri yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q