
Shahboz Jo‘rabekov "Qizilqum" a’zosiga aylandi
"Qizilqum" klubi yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirish maqsadida yangi xaridni amalga oshirdi.
O‘tgan mavsumni "Navbahor"da o‘tkazgan himoyachi Shahboz Jo‘rabekov rasman "Qizilqum" a’zosiga aylandi.
Navoiyliklar ushbu futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Jo‘rabekov o‘tgan yili "Navbahor" safida Superliga va Kubok bahslarida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar