Shahram G‘iyosov Antaliya shahri hokimi bilan uchrashdi

  • 15 sentabr, 2019, 12:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha, Shahram G‘iyosov turkiyaning Antaliya shahrida o‘zining birinchi xalqaro master-klass namoyishini o‘tkazdi. Mazkur safar davomida professional boksda g‘alabali odimini davom ettirayotgan bokschimiz, rasmiy uchrashuvlarda ham ishtirok etgan. U Antaliya shahri hokimi qabulida bo‘lib, sportga oid bir qator masalalarda suhbat qurgan.

 “Antaliya hokimiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Avvalo,iliq qabul hamda birinchi xalkaro master - klassimga ruhsat va yordam berganligi uchun katta raxmat. Suhbat mobaynida yoshlar sportini rivojlantirish kabi masalalar muhokama kilindi. Tez orada yangiliklar bo‘ladi”,- deya, bokschimiz o‘zining internet tarmog‘idagi shahsiy  sahifalariga yozib qoldirgan.

70415711_1100872570122932_4135210270823809024_n_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!