Shahram Gʻiyosov chempionlik kamari uchun jang qiladi!

  • 01.04.2026 12:51
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

23 may kuni Misrda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. E’tiborli­si, unda taniqli charm qo‘lqop ustamiz Shahram G‘iyosov ham ishtirok etib, angliyalik Jek Ketterallga qarshi ringga ko‘tariladi.

"Bir qadam qoldi. Jangim 23 may kuni Misrda jahon chempionligi uchun o‘tkaziladi. Raqibim - angliyalik sportchi. Uning hisobida 24 ta jang - 22 ta g‘alaba bor. Bir yarim oy davomida Antaliyada mashg‘ulotlarim bo‘lib o‘tadi. Undan keyin Misrga uchib ketaman!" - dedi bokschimiz.

Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov hozirga qadar prof ringda 17 ta bahs o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (10 tasi muddatdan avval).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!