Shahram Gʻiyosov chempionlik kamari uchun jang qiladi!

  • 18.03.2026 00:08
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

2 may kuni AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli­si, unda taniqli charm qo‘lqop ustamiz Shahram G‘iyosov ham ishtirok etib, meksikalik Raul Kurielga qarshi ringga ko‘tarilishi belgilandi.

Ushbu to‘qnashuv g‘olibi yarim o‘rta vaznda WBA Regular chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov oxirgi jangini Lift promoushenda o‘tkazib, muddatdan avval g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!