Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini o‘tkazdi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 1

U yana bir meksikalik bokschiga qarshi jang qildi.

Bundan biroz avval AQShning Los-Anjeles shahrida professional bokschimiz Shahram G‘iyosov meksikalik Migel Parraga qarshi jang o‘tkazdi. Ushbu jang 10 raund davom etdi va yakunda hamyurtimiz ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov bundan oldingi jangini fevral oyida meksikalik boshqa bir bokschi Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, o‘shanda ham ochkolar evaziga g‘alaba qozongan edi.

Ushbu jangdan so‘ng G‘iyosovning professional boksdagi g‘alabalari soni 16 taga etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q