Shahram Gʻiyosov va Bektemir Meliqoʻzievning keyingi raqiblari haqida xabarlar tarqaldi

  • 03.03.2026 09:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Taniqli insayder Den Rafael "Twitter" sahifasida post yozib, boks olamidagi biz uchun muhim yangiliklarni e’lon qildi.

"WBA (Butunjahon boks assotsiatsiyasi) yakshanba kuni menga ma’lum qildiki, tashkilot 135 funt vazn toifasidagi vakant kamar uchun Floyd Schofield va Lukas Badhi jangini tayinladi. 147 funt vazn toifasida chempionlik maqomi uchun Rolli Romero hamda Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘tkazilishini buyurdi. Shuningdek, 168 funt vazn toifasi chempioni Armando Resendizning majburiy himoya jangi Bektemir Meliqo‘zievga qarshi bo‘lib o‘tishi xabar berildi" - deb yozgan Rafael.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov proffessional boksda 17 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan (10 tasi muddatdan avval). Bektemir Meliqo‘zievning rekordida esa 17 ta g‘alaba (11 tasi muddatdan avval) va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!