Shahriyor Jo‘raev Amerikada jang qiladi!

  • 24 sentabr, 2022, 10:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yurtimiz yakkakurash olamida tobora tanilib borayotgan "Team Temur Kurbanov” klubi vakili, muaytay, kikboksing yo‘nalishlarida olti karra jahon chempioni Shahriyor Jo‘raev keyingi faoliyatini AQShda davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Ushbu hamyurtimiz 12 yildan buyon otasi Sherali Jo‘raev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda va asosan janglarini xorijdan o‘tkazib kelayotgan edi. 

Kuni kecha, Shahriyor Amerika promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga qo‘l qo‘ydi va endi MMA yo‘nalishida o‘z omadini sinab ko‘radi . Aslida, bu sport turi ham Shahriyorga begona emas, u avval MMA bo‘yicha 4 ta jang o‘tkazgan va ularning 3 tasida g‘alaba qozongandi.

Katta ehtimol bilan yurtdoshimiz okean ortidagi ilk jangini 19 noyabr kuni o‘tkazadi. Hozirda, ushbu jangga MMA bo‘yicha Samarqand viloyati katta murabbiyi Suxrob Tagiev hamda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, otasi Sherali Jo‘raev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Tez orada qaysi promoushenda jang qilishi va ushbu yangilikka oid batafsil ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

O‘z o‘rnida esa Shahriyor Jo‘raevga Amerika oktagonlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

307032788_2037829479938081_1791297487540354632_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!