Shakira Messining qilgan ishidan hayratga tushdi
Lotin Amerikasining mashhur qoʻshiqchisi Shakira 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi uchrashuvdan soʻng Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messining oʻyinini yuqori baholadi.
Messi ushbu bellashuvda ikki golli pas berib, jamoasiga 2:1 hisobida irodali gʻalaba keltirdi.
- Messining qilayotgan ishi haqiqatan ham hayratlanarli! Bu oʻz ishiga chuqur sadoqatli, intizomli insonning qadriyatlarini koʻrsatadi. U vaqt va turli qiyinchiliklarga qarshi kurashib, insonni yoshi yoki boshqalarning gapi emas, balki oʻzining kimligi belgilashini isbotlayapti.
Va men bilamanki, uning yonida Antonella Rokutso kabi ayolning borligi unga kuch va ilhom bagʻishlab, shularni namoyish etishga yordam beradi, — deb yozgan Shakira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtkazilmoqda. Final bahsi AQShning Ist-Raterford shahrida boʻlib oʻtadi.

Fikrlar