Shakur Stivenson: "Terens Krouford faoliyatini yakunlashi kerak"
Uch vazn toifasida jahon chempioni, amerikalik bokschi Shakur Stivenson o‘z hamyurti Terens Kroufordning Saul “Kanelo” Alvares ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng faoliyatini yakunlashi kerakligini aytdi.
"Men endi uning jang qilganini ko‘rishni xohlamayman. Sababi – mashg‘ulot yig‘inlari va tanadagi "eskirish". U sportda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha narsaga erishdi. Yana nima qilishi mumkin? U bizning avlodimizdagi eng yaxshi jangchilardan birini o‘rtachadek qilib ko‘rsatdi. Hammasi tugadi. U tanasi va mahoratiga juda ko‘p mehnat sarfladi. Endi hech narsa qolmadi. U – uch karra mutlaq jahon chempioni", — dedi Stivenson Ariel Xelvani podkastida.
Fikrlar