Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Shakur Stivenson Zuffa Boxing bilan shartnomasini bekor qildi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Bokschi kompaniyadan shartnomani bekor qilishni so‘ragan

Jahon chempioni Shakur Stivenson Zuffa Boxing bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinganini xabar berdi. Bokschining aytishicha, o‘zi istagan janglarni tashkil qilib bera olmagani uchun u kompaniyadan shartnomani bekor qilishni so‘ragan va bu iltimosi hafta oxirida qanoatlantirilgan.

"Shunday bo‘lib chiqdi, bu boks biznesining haqiqati. Men hech kimdan xafa emasman. Ammo yuzaga kelgan muammolar tufayli Zuffa Boxing bilan shartnomamni bekor qilishlarini so‘radim. Hafta oxirida iltimosimni qabul qilishdi", — dedi Stivenson.

Bu yangilik ortidan Jeyk Pol, Frensis Ngannu va Jon Jons atrofidagi muhokamalar yana avj oldi. Shuningdek, mashhur promouter Eddi Hirn ham vaziyatdan chetda qolmadi. U ijtimoiy tarmoqlarda Dana Uaytni hazilomuz tarzda parodiya qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q