
"Shara Bullet" Konor MakGregorni ko‘chada urmoqchi bo‘lgan...
Sharabutdin "Shara Bullet" Magomedov (11-0) Dog‘iston haqidagi so‘zlari uchun Konor MakGregorga qanday saboq bermoqchi bo‘lganligini aytdi:
"Men mehmonxonaga keldim, lekin biz uni kutmadik. MakGregor juda jirkanch, u qandaydir bayonotlar berdi. U “piar” qilmoqchi bo‘ldi. Ba’zi odamlar o‘zi haqida shov-shuv bo‘lmasa, ular dog‘istonliklarni eslashadi; Dog‘iston atrofida ba’zilar internetda shov-shuv aylantiryapti. Esimda yo‘q, u aniq nima degani, qaysi bir gapi uchun uni urmoqchi edim. Men Ritz mehmonxonasiga keldim, bizni ichkariga kiritishmadi. Men u erda edim, do‘stlarim bor edi. U chiqmadi. Agar o‘shanda uchratganimda, men uni urgan bo‘lardim, chunki men uni urishim mumkinligiga aminman, ayniqsa ko‘chada”,- dedi “Shara Bullet”
Eslatib o‘tamiz, "Shara Bullet" 21 oktyabr kuni "UFC 294" turnirida braziliyalik Bruno Silvaga (23-9) qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar