Sharhlovchi: "Daniel Dyuboa bilan revanshga shoshilmaslik kerak edi..."

  • 08.08.2026 12:45
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq jahon chempioni va hozirda boks sharhlovchisi Pol Malinyadji og‘ir vaznda WBO  chempioni Daniel Dyubauga qarshi revanş bandini darhol ishga tushirgan Fabio Uordli qarorini tanqid qildi. Uning fikricha, bu qadam shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan va bokschi karyerasi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

"Uordli g‘alabaga chanqo‘q, unda chempionik kamarini qaytarib olishga qattiq intilish bor — bu har qanday jangchi uchun tabiiy holat. Lekin bunday qarorlarni, aslida, uning jamoasi, menejeri qabul qilishi kerak. Tashqaridan qaraganda, Fabio avval yana bitta jang o‘tkazib olgani ma’qul edi, deb o‘ylayman.

Agar Uordli yana Dyubauga o‘sha aniq zarbasini bera olmasa, g‘alaba qozonishi juda qiyin bo‘ladi. U tuzatishi kerak bo‘lgan xatolar juda ko‘p, buning barchasini qisqa vaqt ichida bartaraf etishga ishonish qiyin. Fabio ringda yanada ayyorroq, vaziyatga moslashuvchanroq bo‘lishi zarur. Birinchi jang uchun u deyarli hech qanday taktika tayyorlamadi, shunga qaramay, Dyubauga jiddiy zarbalar berdi. Revanşda esa bunday taktik usullarsiz ish yuritish amri mahol", — deya ta’kidladi Malinyadji.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Uordli va Dyubua o‘rtasidagi revanş 17 oktyabr kuni o‘tkazilishi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!