"Sharjah Masters": Ko‘plab hamyurtlarimiz ishtirok etgan turnir yakunlandi. Kimlar qaysi o‘rinlarni band etdi?

  • 26 may, 00:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 16-26 may kunlari shaxmat bo‘yicha "Sharjah Master 2025 International Chess Championship" turniri bo‘lib o‘tdi. 

Chempionat FIDE qoidalari asosida o‘tkazilib, turnir jamg‘armasi esa 73 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Shuningdek, unda ishtirokchilar quyidagi uch toifalarga bo‘lindi. 

Sharjah Master A:  FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bo‘lgan o‘yinchilar uchun. Bu darajada eng kuchli va eng tajribali shaxmatchilar o‘zaro bellashishdi.
Sharjah Master B: reytingi 1900 va undan baland bo‘lgan ishtirokchilar uchun. O‘rtacha kuchdagi sportchilar ushbu toifada bir biriga qarshi raqobatlashdi.
Sharjah Master C: Ushbu toifada FIDE ballari 1400-1899 oralig‘ida bo‘lgan qatnashchilar ishtirok etdi. 

Marhamat, hamyurtlarimiz band etgan o‘rinlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

"Master A"


3. Nodirbek Abdusattorov - 6,5 (-0,9 reyting ball); 
34. Ortiq Nig‘matov - 4,5 (+15+2 reyting ball) ; 
60. Jahongir Vohidov - 4 ball (-2,7 reyting ball); 
66. Muhiddin Madaminov - 3,5 ball (-5,8 reyting ball). 

"Master B"

24. Davron Sharipov - 5,5 ball (+29,8 reyting ball); 
62. Behruz Umarov - 4,5 ball (+58,8 reyting ball); 
64. Madinabonu Halilova - 4,5 ball (+94,4 reyting ball); 
88. Muhammadrizo Umarov - 4 ball (+29,6 reyting ball); 
103. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 3,5 ball (-44,8 reyting ball);  
116. Hasan Akramov - 3 ball (+2). 

"Master C"

2. Qilichbek Nazraliev - 7,5 (reyting ball +147,2); 
17. Asilbek Abdulazizov - 6 ball (reyting ball +17,2); 
36. Husan Akramov - 5 ball (reyting ball -40); 
41. Muzaffarjon Abdurasulov - 5 ball (reyting ball -56,4); 
54. Yasmina Mamarasulova - 4,5 ball (reyting ball +97,2); 
66. Asadbek Abdulazizov - 4 ball (reyting ball +34). 





 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!