Sharmanda! Mashhur jamoaning futbolchisi jamoadoshlarining butsalarini o‘g‘irlab kelgani aniqlandi

  • 01.04.2022 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Nomi tilga olinmagan “Bordo” futbolchisi jamoadoshlarining oyoq kiyimlarini o‘g‘irlagan.

RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchi o‘g‘irlangan oyoq kiyimlarni internet orqali sotgan. Bu uning sobiq sevgilisidan ma’lum bo‘ldi.

Klub futbolchini bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi va jarima soldi. Boshqa futbolchilar esa ushbu jazoni juda yumshoq deb hisoblashgan.

Ma’lumot uchun, "Bordo" 29-turdan keyin Frantsiya chempionatida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!