Sharofiddin Lutfillaev Tbilisi Gran prisining yarim finaliga chiqa olmadi

  • 29 mart, 2019, 15:33
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Tbilisi Gran prisining birinchi kungi bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Ushbu kungi bahslarda -60 kg vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev musobaqaning yarim final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, qozog‘istonlik Rustam Ibraevdan ogohlantirishlar evaziga ustun kelgan sportchimiz chorak finalda frantsiyalik Valide Xyar bilan bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bellashuvda esa Xyarning qo‘li baland keldi. 

Qayd etish lozim, endi hamyurtimiz bronza medali uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘radi. Uning bu bosqichdagi raqibi rossiyalik Yago Abuladze bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!