Shavkat Rahmonov UFC reytingidan chiqarildi
Sidneyda o‘tkazilgan "UFC 325" turniridan so‘ng, promoueshen reytingi yangilandi.
Unga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasidagi (77 kg) qozoqistonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov promoushen reytingidan chiqarib tashlandi.
Chempion – Islam Maxachev (Rossiya).
1. Jek Della Maddalena (Avstraliya).
2. Ian Garri (Irlandiya).
3. Maykl Morales (Ekvador).
4. Belal Muhammad (SShA).
5. Karlos Prates (Braziliya).
6. Shon Bredi (SShA).
7. Kamaru Usman (Nigeriya).
8. Leon Edvards (Birlashgan Qirollik).
9. Xoakin Bakli (SShA).
10. Gilbert Byorns (Braziliya).
Ma’lumot uchun, Rahmonov 2024 yil dekabridan beri janglarda qatnashmadi. Bunga Qozoqiston vakilining tizzasidan ikkinchi marta operatsiya qilingan asosiy sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar