Shavkat Raxmonov Qozog‘iston prezidenti tomonidan orden bilan taqdirlandi

  • 04.11.2025 20:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Shavkat Raxmonov Qozog‘iston prezidenti Kasym-Jomart Tokaev tomonidan 2-darajali "Barys" ordeni bilan taqdirlandi.

“Bugun men uchun juda ajoyib kun. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti qo‘lidan bu ordenni olish sharafiga muyassar bo‘lganimdan xursandman”, — deb yozdi qozog‘istonlik o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.

Ma’lumot uchun, ushbu orden mamlakatda davlat, ishlab chiqarish, ilmiy, ijtimoiy-madaniy va jamoat faoliyatidagi alohida xizmatlar uchun beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!