Shavkat Salomov: "Biz haqimizda gapirayotgan ayrim aqlli odamlar avval o‘zlariga qarashsin!"

  • 7 iyun, 2021, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha pro-liganing 10-turida “Buxoro” – “Oqtepa” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tganini yaxshi bilasiz. Unda qayd etilgan 3:3 hisobidagi jangovor durangdan keyingi gap-so‘zlar ancha avj oldi.

Tecno

Aniqrog‘i, 0:3 dan keyin uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida buxoroliklarning uchta gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qolishlari ko‘pchilikda shubha uyg‘otgandek bo‘ldi.

Shu sababli “Buxoro” klubi etakchisi hamda sardori Shavkat Salomov sports.uz muxbiriga kechagi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirishni ma’qul ko‘rdi.  

- Birinchi navbatda jamoamiz murabbiyi Mirislom Hasanovni tabriklayman, - deya gap boshladi Salomov. - Uning uchun xursandman. Buxorodan yaxshi murabbiy chiqayotgani quvonarli. Yosh bo‘lishiga qaramay, uni “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan oldin jamoani vaqtincha boshqarib turishga tayinlashdi. Qiyin raqib bilan uchrashuvga futbolchilarni juda yaxshi tayyorlay oldi. To‘g‘risi, “Buxoro” o‘sha kuni ajoyib o‘yin namoyish etdi. O‘ylaymanki, ko‘p kuchimizni “Neftchi” bilan uchrashuvga sarflab yubordik. “Oqtepa”ga qarshi ham aslida yaxshi tayyorlangandik. Lekin darvozaga to‘p kirmadi.

salomov2_2

O‘yin haqida ayrim aqlli odamlar har xil gaplarni gapirayotgani xususida o‘qidim. Bu jamoamizga nisbatan hurmatsizlik. Azamat Abduraimov futbolda o‘zini ko‘rsatgan, hurmati bor, ko‘p narsani ko‘rgan, shaxsan o‘zim u kishini hurmat qilaman. Ammo Azamat aka o‘yinni ko‘rmasdan turib, turli gaplarni aytyapti, undan kutmagandim. Keyin “Turon”da ishlab ketgan murabbiy ham nimadir debdi. Tilim bor deb gapiraveradimi? Axir u murabbiy bo‘lsa?! Faqat muxlislarning gapirishga haqqi bor. Chunki u ishqiboz bo‘lgani uchun stadionda muxlislik qiladi. Biz o‘shalar uchun o‘ynaymiz. Ammo futbol ichidagi odamlarni bo‘lmag‘ur gaplarni gapirishi noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Hozirgi kunda qing‘ir o‘yinlar bo‘lsa, O‘FA bilan PFL hammasini joyiga qo‘yadi. Boshqalar o‘zlarini aqlli qilib ko‘rsatishmasin. Menga alam qilayotgani shuki, biz 50 gradus issiq havoda maydonga tushib, mehnat qilsagu, yana bunday gap-so‘zlarning paydo bo‘lishi noto‘g‘ri-da. Men o‘sha odamlarga aytamanki, avvalo o‘zlariga qarashsin. Bizda ham til bor, gapirishimiz mumkin.

salomov3_1

Kechagi o‘yin uchun jamoadoshlarimga katta rahmat. Qanaqa o‘yin bo‘lganini muxlislar ko‘rdi. 0:3 dan keyin ular butun jamoa bo‘lib himoyaga yotib olishdi. O‘yinni ko‘rmasdan turib turli gaplarni gapirishlari ortiqcha. Ular mehnatimizni ozgina bo‘lsa ham hurmat qilsinlar. “Neftchi” bilan o‘yindan keyin baribir yigitlar o‘zlarini biroz bo‘shashtirib qo‘ydi. Biroq uchrashuv oxiriga borib, kuchga kuch qo‘shildi. Biz mana shu ruhda o‘ynasak, oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz. Usmon Toshev jamoaga qaytganidan xursandman. U bizning ustozimiz. Har doim Usmon Qudratovich bilan telefon orqali gaplashib turamiz. Davron Fayzievga mana shunday jamoa tuzganiga katta rahmat. Jamoamiz o‘ziga kelyapti va kuchiga ishonyapti. Mirislom Hasanov esa futbolchilarning ishonchini o‘ziga qaytaryapti. “Neftchi” bilan uchrashuvga yigitlarni munosib tayyorlaganidan xursand bo‘ldim. Bu xazil narsa emas. Pro-liganing etakchisi ilk mag‘lubiyatini “Buxoro” bilan o‘yinda qabul qilib oldi. Ungacha ayrim uchrashuvlarda qiynalgandik, masalan “Xorazm”ni azob chekib yutdik. “Neftchi”ga qarshi bahsda umuman boshqa jamoaga aylandik.

salomov1

“Oqtepa” bilan o‘yindagi golli vaziyatlar va boshqa epizodlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashsin va odamlar ko‘rsin. O‘zimiz yaratilgan imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmadik. Yo‘q joydan gollar o‘tkazib yubordik. Bizni xatolarimiz ham qimmatga tushdi. Ikkinchi taym boshlanganida yana hujumlar uyushtirdik, ammo raqib gol urdi. 0:2 bo‘lib turganida vaziyatni o‘nglay olishimizga ishonayotgandim, ammo 0:3 bo‘lgach, gapning ochig‘i taqdirga tan berib bo‘lgandim. Hisob 0:2 bo‘lib turganida zaxiraga olingandim. O‘rindiqda o‘tirgan holda yigitlarga bilintirmadim, ammo yutqazdik, deb o‘yladim. Yana bir bor kiritilgan gollarni hamma ko‘rsin va futbol odamlari xulosa qilishsin. Agar yana besh daqiqa bo‘lganida to‘rtinchi golni ham urardik. Hattoki, to‘rtinchi golni urishga imkoniyat ham bo‘ldi.

“Neftchi”, “Buxoro”, “Dinamo” va “Olimpik” Superligada bemalol o‘ynay oladi. 3-4 ta klubidan kuchli bo‘lsa kuchliki, lekin kuchsiz emas. O‘tgan yili pro-ligada “Turon”, “Neftchi” va “Dinamo” kurashgandi. Hozir esa moliyaviy tomondan yaxshilangan jamoalar ham ko‘paygan.

salomov_2

“Buxoro”da murabbiylar o‘zgarishining jamoa o‘yiniga katta ta’siri bor. Buni o‘yinimizni o‘zi ham ko‘rsatib berdi. Raqib jamoalar bizga qarshi maydonga xadiksirab chiqishadi. Yarim soatdan keyin esa biz bilan bemalol o‘ynash mumkinligini tushunib etishadi. Chunki jamoamizdagilar ruhiy jihatdan “singandi”. Shu paytgacha jamoada o‘yin yo‘q edi. Lekin shuni aytamanki, Davron Fayzievni bekordan-bekorga olib tashlashdi. Aksariyat uchrashuvlarda yutdik, ammo bitta durang va mag‘lubiyat uchun Fayzievni iste’foga chiqardilar. Jamoani shu murabbiy to‘plagan. Butun jamoa undan rozi. Umid qilamanki, bu yog‘i yanada yaxshi bo‘ladi. Buxorolik muxlislar jamoasidan Superligani istashadi. Chunki ular shunga munosib. Albatta, jamoa sifatida maqsadga erishish yo‘lida qayg‘uryapmiz. Ishqibozlarimiz esa bizga nisbatan 10 barobar ko‘p qayg‘urishyapti. Oldingi yillari muxlislarimiz qanday ishqibozlik qilishlarini isbotlashgan. Vaqt topib doim mashg‘ulotlarimizga kelishadi. Xudo xohlasa, ularning ishonchini oqlaymiz. Faqat muxlislar uchun o‘ynaymiz, - deya so‘zini yakunladi, Shavkat Salomov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/06/2021 22:10
Саломов ва Бухоро уйинчиларига шубха йук! Бу футбол, унда хамма нарса булади! Лекин Саломов термада хам жон куйдириб уйнаган! Хозирги уйинчилардан кура тузукрок эди!
&
Ашуров Бахтийор
08/06/2021 08:22
Саломов бухородан чиккан энг зур футболчилардан бири.
Baxil Alihuja
08/06/2021 11:41
Худди шундай! Хозирги кийшик оёк сергеевдан кура тузукрок, лекин халол булгани учун термага олишмаган
08/06/2021 11:42
Худди шундай! Хозирги кийшик оёк сергеевдан кура тузукрок, лекин халол булгани учун термага олишмаган
&
Ашуров Бахтийор
08/06/2021 12:41
Тушунмадим?