Shaxmat. "2-ICCD-Asia Blitz Deaf Chess Championship" turniri yakunlandi
Joriy yilning 20–30 sentyabr kunlari Toshkent shahrida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida IV Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Mazkur chempionat doirasida 11 turdan iborat shveytsarcha tizimda tashkil etilgan "2-ICCD-Asia Blitz Deaf Chess Championship" musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi.
Musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Hindistondan jami 64 nafar shaxmatchi qatnashdi. Shulardan 27 nafari O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Quvonarlisi, faxrli 1-o‘rinni o‘zbekistonlik iste’dodli shaxmatchi Shayusupov Marsel qo‘lga kiritdi!
Yakuniy jadval bilan tanishing:
1. Shayusupov Marsel (O‘zbekiston) – 9,5 ochko
2. Kojaxmetov Sultan (Qozog‘iston) – 9 ochko
3. Kettebekov Samajan (Qozog‘iston) – 9 ochko
4. Ankit Ganguli (Hindiston) – 8 ochko
5. Vatpade Vivek (Hindiston) – 8 ochko
6. Bahodirov Abdulaziz (O‘zbekiston) – 8 ochko
7. Nurimov Berik (Qozog‘iston) – 7,5 ochko
8. Usmanov Dias (Qozog‘iston) – 7,5 ochko
9. Mamarajabov Sardorbek (O‘zbekiston) – 7 ochko
10. Zayniddinov Sirojiddin (O‘zbekiston) – 7 ochko
Fikrlar