Shaxmat: FIDE reytingida o‘zbekistonliklar qaysi o‘rinlarni band etgan

  • 01.11.2019 19:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat

Butunjahon shaxmat federatsiyasining har oy e’lon qilinadigan reytingida ayni damda kuchli 100 likdan birgina shaxmatchimiz o‘rin olgan. Grossmeyster Rustam Qosimjonov (1979 yili tug‘ilgan) 2660 reyting bali bilan 81-o‘rinda.
FIDE 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning reyting o‘rinlarini ham alohida hisoblab boradi. Eng kuchli 100 nafar yosh aql idrok egalari ro‘yxatidan ayni paytda 5 shaxmatchimiz o‘rin olgan:
9. GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2633.
18. GM Nodirbek Yoqubboev (2002) – 2603.
53. IM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2526.
57. GM Javohir Sindorov (2005) – 2521.
Bu ro‘yxatda, shuningdek, hozir Avstraliya fuqaroligini olgan GM Temur Qo‘yboqarov (2000) ham bor: 2496 reyting bali bilan 64-o‘rinda.

Husan Karvonlining Facebookdagi ma’lumotidan foydalanildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!