Shaxmat. Jahon chempionatida kumush medal!

  • 16.10.2025 11:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Xabar berganimizdek, joriy yilning 3–16 oktyabr kunlari Albaniya davlatining Durres shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik iqtidorli shaxmatchi Olimova Ruqiya 14 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida munosib natija qayd etdi!

U 11 imkoniyatdan 9 ochko to‘plab, dunyoning 107 nafar iqtidorli qizlari orasida kumush medal sohibasiga aylandi!

Bu yutuq nafaqat Ruqiyaning, balki butun O‘zbekiston shaxmatining faxridir. Yurtimiz sharafini yuksak darajada himoya qilgan sportchimizni chin dildan tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!