
Shaxmat: Mumbayda jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 1-13 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbai shahrida 14,16 va 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi. Musobaqalar besh yulduzli “Renaissance Hote”l va “Convention Centre Mumbai” mehmonxonalarida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabariga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Muhiddin Madaminov, 16 yoshgacha bo‘lganlar kategoriyasida Elbek Sulaymonov va qizlarimizdan FIDE toifasidagi sport ustasi Umida Omonova, hamda 18 yoshlilarda Xolida Namozovalar O‘zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.
Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar